Kreml yaqinida dron zarbasi: Moskva yana larzaga keldi

4 mayga o'tar kechasi Moskva yaqinida dron zarbasi sodir bo'ldi. Ramenki tumanida portlash ovozlari eshitilib, Ukraina tomonidan uchirilgan dronlardan biri Mosfilmov ko'chasidagi uyga kirgani tasdiqlandi. Zarba natijasida bir xona devorlari shikastlangan, lekin qurbonlar yo'q. Mutaxassislar bu hodisani Moskva xavfsizlik tizimi uchun jiddiy signal deb baholamoqda.
4 mayga oʻtar kechasi Ramenki tumani aholisi portlash ovozlari haqida xabar berishdi. Biroz vaqt oʻtgach, Mosfilmov koʻchasidagi uyga Ukraina tomonidan uchirilgan dronlardan biri kirgani rasman tasdiqlandi, dedi shahar meri Sergey Sobyanin.
Sergey Sobyaninning bildirishicha, zarba natijasida binodagi bir xonadonning uchta xonasi devorlari shikastlangan. Dastlabki maʼlumotlarda qurbonlar yoʻqligi va vaziyat nazorat ostida ekani aytilmoqda.
Voqea soʻnggi vaqtlarda dronlar Rossiya poytaxti hududiga yetib kelgan kam uchraydigan holatlardan biri sifatida baholanmoqda. Ayrim manbalarga koʻra, zarba berilgan nuqtadan Kremlgacha boʻlgan masofa taxminan 6 kilometrni tashkil etadi.
Mutaxassislar bu kabi hodisalar Moskva xavfsizlik tizimi uchun jiddiy signal boʻlib qolayotganini taʼkidlamoqda. Hozirda hujum tafsilotlari va dron yoʻnalishi yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…