Qozogʻistondagi oʻrmonda yongʻin chiqdi

Qozog'istonda 3 may kuni Sharqiy Qozog'iston viloyatining Ulan tumanida yirik o'rmon yong'ini sodir bo'ldi. Yonqin Prigor o'rmon xo'jaligi hududida, Buxtarma suv ombori yaqinida paydo bo'lgan. Faqat favqulodda vaziyatlar vazirligi va aviatsiya kuchlari yordamida yonqinni o'chirishga harakat qilindi, natijada 21 tonna suv havodan sepildi. Hozirda ochiq alangalar manbalari kuzatilmayapti va hududda nazorat ishlari davom etmoqda.

Qozogʻistonning sharqiy hududida yirik oʻrmon yongʻini sodir boʻlib, qutqaruv xizmatlari zudlik bilan harakatga keldi. Hodisa 3 may kuni Sharqiy Qozogʻiston viloyatining Ulan tumanida qayd etilgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin Primor oʻrmon xoʻjaligiga qarashli hududda, Buxtarma suv ombori yaqinidagi Ayuda darasi atrofida kelib chiqqan. Tabiiy ofatni bartaraf etish ishlariga mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalari, jumladan, aviatsiya ham jalb qilingan.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, yongʻinni oʻchirish jarayoni togʻli relef va kuchli shamol sabab ancha qiyin kechgan. Shunga qaramasdan, qutqaruv vertolyoti yordamida 7 marta havodan suv tashlanib, jami 21 tonna suv sepilgan.
Hozirgi vaqtda ochiq alanga manbalari kuzatilmayapti. Hududda oʻrmon xoʻjaligi xodimlari va favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari tomonidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.






























Izohlar 0
…