Kremlda Putinga qarshi fitna xavfi kuchaygani aytilmoqda

Kremlda Vladimir Putinga qarshi fitna xavfi kuchayganligi haqida G'arb razvedkasi ma'lumotlar tarqatmoqda. Hisobotlarda dronlar orqali suiqasd ehtimoli ham qayd etilgan. Shunga javoban, Putinning xavfsizligi kuchaytirilgan, harakatlari cheklangan va yaqin atrofidagi xodimlar ustidan nazorat kuchaytirilgan. Mutaxassislar kuch tuzilmalari o'rtasidagi ziddiyatlar vaziyatni yanada murakkablashtirayotganini ta'kidlamoqda.
Gʻarb razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, Kremlda Vladimir Putinga qarshi fitna ehtimoli boʻyicha xavotirlar kuchaymoqda.
CNN, Financial Times va “Vajnie istorii” nashrlari keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining hisobotida hatto dronlar orqali suiqasd ehtimoli ham qayd etilgan.
Mazkur vaziyatga javoban Rossiya prezidenti xavfsizligi sezilarli darajada kuchaytirilgan.
Federal qoʻriqlash xizmati tekshiruvlarni qatʼiylashtirib, Putinning harakatlanishini cheklagani aytilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, u hozirda asosan himoyalangan binolarda faoliyat yuritmoqda va ayrim qarorgohlarga tashriflarni qisqartirgan.
Shuningdek, prezident bilan yaqin aloqada boʻlgan xodimlar ustidan nazorat ham kuchaytirilgan.
Ularga telefonlardan foydalanish va jamoat transportida harakatlanish cheklangani qayd etilgan.
Hisobotda ayrim yuqori lavozimli shaxslar ehtimoliy xavf manbai sifatida tilga olingan.
Mutaxassislar fikricha, kuch tuzilmalari oʻrtasidagi ziddiyatlar ham vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.































Izohlar 0
…