date

Fransiya chet elliklar uchun oʻqish narxini oshiradi

Fransiya chet elliklar uchun oʻqish narxini oshiradi

Fransiya hukumati Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlatlardan keluvchi talabalar uchun oliy taʼlim toʻlovlarini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Fransiya Oliy taʼlim vazirligi tomonidan “Oliy taʼlim uchun Fransiyani tanlang” nomli yangi strategiya taqdimoti chogʻida maʼlum qilindi.

Rejaga koʻra, Yevropa Ittifoqidan tashqari davlatlar fuqarolari uchun taʼlim xarajatlari ancha yuqori boʻladi. Vaziyatga koʻra, chet ellik talabalarning aksariyati toʻliq toʻlov tizimiga oʻtkazilishi taʼkidlanmoqda.

Filipp Batistning soʻzlariga koʻra, hozirda xorijlik talabalarning taxminan 90 foizi barcha xarajatlarni toʻliq toʻlaydi. Yangi tizim esa bu amaliyotni yanada qatʼiylashtiradi.

Yangi taklifga muvofiq, Yevropa Ittifoqidan tashqari mamlakatlar uchun toʻlovlar quyidagicha belgilanishi mumkin:

- bakalavriat: yiliga taxminan 2 895 yevro (oldingi 178 yevro oʻrniga);

- magistratura: yiliga taxminan 3 941 yevro (oldingi 254 yevro oʻrniga).

Vazirlik taʼkidlashicha, bunday yondashuv “tabaqalashtirilgan toʻlov tizimi”ni toʻliq joriy etishga qaratilgan. U 2019 yilda qabul qilingan boʻlsa-da, hozirgacha kutilgan samarani bermagan.

Rasmiylarga koʻra, universitetlar endi keng koʻlamli imtiyozlar bermaydi, ular faqat alohida holatlarda qoʻllaniladi. Hukumat esa taʼlim sohasida “qoida – toʻliq toʻlov, imtiyoz – istisno” tamoyiliga qaytishni maqsad qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya chet elliklar uchun oʻqish narxini oshiradi