date
views 438

Eronning yangi «yurishi»: ballistik raketa «farzin» bo‘la oladimi?

Eronning yangi «yurishi»: ballistik raketa «farzin» bo‘la oladimi?
Payshanba kuni Eron 2000 km masofaga ucha oladigan ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deya xabar beradi davlat matbuoti.
 
Yaqin Sharqdagi eng yirik raketa dasturlaridan biriga ega bo‘lgan Eronning aytishicha, uning qurollari mintaqadagi ashaddiy dushmanlari Isroil va AQSH bazalariga yetib borishga qodir.
 
AQSH va Yevropa qarshiliklariga qaramay, Islom Respublikasi o‘zining "mudofaa" raketa dasturini rivojlantirishda davom etishini aytdi.
 
Eron Mudofaa vaziri Muhammadrizo Ashtiyoniy, "Eron dushmanlariga gapimiz shuki, biz mamlakat va uning yutuqlarini himoya qilamiz. Do‘stlarimizga murojaatimiz shuki, biz mintaqaviy barqarorlikni targ‘ib qilmoqchimiz".
 
Davlat televideniyesi Eronning 2000 km (1243 milya) masofaga ucha oladigan va 1500 kg (3300 funt) jangovar kallakni olib yurishga qodir bo‘lgan “Xurramshahr-4” ballistik raketasining takomillashtirilgan versiyasini uchirayotgani haqida bir necha soniyalik kadrlarni namoyish qilgan.
 
IRNA davlat axborot agentligining xabar berishicha, suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan raketaga islomning avvalida musulmon askarlari tomonidan bosib olingan yahudiy qal’asiga ishoratan «Haybar» nomi berilgan.
 
“Mahalliy ishlab chiqarilgan “Haybar” raketasining o‘ziga xos xususiyatlari tezkor tayyorgarlik va uchirilish vaqtini o‘z ichiga oladi, bu esa uni strategik quroldan tashqari, taktik qurolga aylantiradi”, — deyiladi bayonotda.
 
AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller: "Eronning ballistik raketalarni ishlab chiqish va tarqatishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda va yadro qurolini tarqatmaslik uchun asosiy muammo bo‘lib qolmoqda" deb iddao qilgan.
 
Eron xorijiy yetkazib beruvchilardan raketa texnologiyasini izlashda davom etdi va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga zid ravishda sinovlar o‘tkazdi, degan Miller. U matbuot brifingida jurnalistlarga Vashington bu sa’y-harakatlarga qarshi kurashish uchun sanksiyalardan foydalanishda davom etishini qo‘shimcha qilgan.
 
Islom Respublikasi tan olmagan Isroil Eronni aniq tahdid deb biladi. Eronning aytishicha, uning ballistik raketalari AQSH, Isroil va boshqa potensial mintaqaviy dushmanlarga qarshi muhim to‘siq va qasos qurolidir.
 
AQSH 2018 yilda o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp davrida Eronning yadroviy faoliyatiga cheklov qo‘ygan kelishuvdan voz kechgan edi.  Shundan so‘ng Tehron agar istasa, yadroviy bomba uchun yetarlicha parchalanadigan material ishlab chiqarish uchun vaqt paydo bo‘lgan edi. Biroq Eron yadroviy qurol yaratishga intilayotganini rad etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronning yangi «yurishi»: ballistik raketa «farzin» bo‘la oladimi?