Afrika ajralib bormoqda: qit’a o‘rtasida yangi okean

1 daqiqa o'qish478
Afrika ajralib bormoqda: qit’a o‘rtasida yangi okean

Afrika qit’asi ichkaridan asta-sekin yorilib borayotgani haqidagi ilmiy xulosalar qayta-qayta tasdiqlanmoqda. Britaniyalik geologlarning so‘nggi tahlillariga ko‘ra, bu jarayon kelajakda butun qit’aning geografik manzarasini o‘zgartirib, markazida umuman yangi okean paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Kil universiteti mutaxassislari Afrika va Arabiston plitalari orasida kechayotgan ajralish jarayonini magnit maydon o‘zgarishlari orqali kuzatgan. Ular qayd etishicha, bo‘linish shimoli-sharqdan janubga tomon chuqurlashib, kuchayib borayotgan seysmik faollik — yer silkinshlari bilan birga kechmoqda.

Olimlar bu jarayon “ertaga sodir bo‘ladigan” hodisa emasligini, amalda millionlab yillar talab etilishini ta’kidlashmoqda. Biroq prognozlarga qaraganda, taxminan 5–10 million yildan so‘ng Afrika ikki yirik qismiga ajralishi mumkin.

Bir tomonda Misr, Jazoir, Nigeriya, Gana va Namibiya joylashadigan hudud qolsa, ikkinchi tomonda esa Somali, Keniya, Tanzaniya, Mozambik va Efiopiyaning katta qismi kiruvchi yangi geologik mintaqa shakllanishi kutilayapti.

Ilmiy jamoa bu jarayon insoniyat hayotida emas, ammo geologiya tarixida ulkan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?