
Angliya premer-ligasining 12-turida Londonning "Chelsi" klubi safarda "Byornli"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. OptaJoe maʼlumotlariga koʻra, "Chelsi" APL tarixida boshlangʻich tarkibida 30 yoshdan oshgan futbolchilarsiz 50 o‘yinni ketma-ket oʻtkazgan ikkinchi jamoa boʻldi.
Bungacha bunday natijaga faqatgina "Aston Villa" erishgan edi. Ular 2012-yil sentyabridan 2014-yil yanvarigacha jami 59 oʻyin davomida bu rekordni qoʻlga kiritgan.
12 turdan soʻng "Chelsi" 23 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va birinchi oʻrindagi jamoadan uch ochko ortda. Keyingi turda Enso Mareska shogirdlari "Arsenal"ni oʻz maydonida qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.