date

Nikolya Sarkozi qamoqxonadagi og‘ir va shovqinli kunlari haqida kitob yozdi

Nikolya Sarkozi qamoqxonadagi og‘ir va shovqinli kunlari haqida kitob yozdi

Fransiyaning sobiq rahbari, ayni damda 70 yoshni qarshi olgan Nikolya Sarkozi panjara ortida o‘tkazgan 20 kunlik hayotiga bag‘ishlangan yangi asari nashr etilishini e’lon qildi.

«Fayar» nashriyoti tarqatgan xabarga ko‘ra, kitobda siyosatchining hibsdagi ruhiy kechinmalari ochiq-oydin bayon etilgan. Sarkozi mashhur «La-Santa» qamoqxonasidagi muhitni tasvirlar ekan, u yerdagi doimiy shovqinni alohida ta’kidlaydi.

«Qamoqxonada shug‘ullanadigan ish yoki chalg‘iydigan narsaning o‘zi yo‘q. Turli ovozlar va g‘ala-g‘ovur tinmaydigan «La-Santa»da men sukunat va tinchlik nima ekanligini butunlay unutdim», — deyiladi kitobdan keltirilgan parchada.

Muallifning yozishicha, kameradagi shovqin hech qachon to‘xtamaydi. U qamoqdagi hayotni kimsasiz «sahro»ga qiyoslab, bu yerda yashab qolish uchun haqiqiy ruhiy kurash kechishini qayd etgan.

«Mahkumning kundaligi»

Yangi asar «Nikolya Sarkozi: Mahkumning kundaligi» deb nomlangan bo‘lib, u joriy yilning 10-dekabridan boshlab kitob do‘konlari peshtaxtalariga chiqadi. E’tiborli jihati, kitob 216 sahifadan iborat. Bu degani, Sarkozi qamoqda o‘tgan bor-yo‘g‘i 20 kunlik hayotining har bir kunini tasvirlash uchun o‘rtacha 11 sahifadan joy ajratgan.

Ma’lumot o‘rnida

2025 yilning 10 noyabr kuni Parij apellyatsiya sudi Sarkozining advokatlari tomonidan keltirilgan dalillarni inobatga olib, uni ozod qilish haqidagi iltimosnomani qondirdi. Joriy yilning 21 oktyabridan beri hibsda saqlangan sobiq prezident endilikda ozodlikda, ammo sud nazorati ostida bo‘ladi. Fransiya bosh prokuraturasi sudning ushbu qaroriga qarshilik bildirmagan.

Mavzuga doir

Dunyo siyosatchilari orasida qamalishlar to‘lqini davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning sobiq prezidenti — 70 yoshli Jair Bolsonaru ham bugun mamlakat federal politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Oliy sud hukmiga ko‘ra, u 27 yil va 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nikolya Sarkozi qamoqxonadagi og‘ir va shovqinli kunlari haqida kitob yozdi