Foto: Yevropa janubiy rasadxonasi
Xalqaro olimlar jamoasi tadqiqot natijalariga asoslanib, 2 ta yangi sayyora topilgani va ular Yerdan deyarli 2,5 barobar kattaligini ma’lum qildi. Bu haqda Phys xabar berdi.
Olimlar TESS kosmik teleskopining yaqin atrofdagi yulduzlar kuzatuvi natijalarini tahlil qildi va TOI-2084 b va TOI-4184 b deb nomlangan ikkita yangi sayyora mavjudligini aniqladi. Mutaxassislar ularning yulduzlarini yerdagi teleskoplar yordamida kuzatdi va ular haqiqatan ham maqomga ega bo‘lmasa-da, sayyoralar ekanini bildirdi.
Ammo ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu obyektlar sub-Neptunlar deb atalib, astronomlar topayotgan ko‘plab ekzosayyoralar sinfi hisoblanadi.
Sub-Neptunlar ekzosayyoraning eng keng tarqalgan turi bo‘lsa-da, ularning shakllanishi, atmosfera tarkibi va ichki tuzilishi yaxshi aniqlanmagan. Shu sababli, olimlar bu ekzosayyoralar haqida ba’zi muhim ma’lumotlarga ega bo‘lsa ham, kuzatuvni davom ettiradi.
TOI-2084 b ekzosayyorasi
TOI-2084 b sayyorasi bizdan 372 yorug‘lik yili uzoqlikda (bu nisbatan yaqin) joylashgan. Bu yulduz kattaligi va massasi bo‘yicha Quyoshdan taxminan 2 baravar kichik. Tadqiqotga ko‘ra, bu sayyoraning o‘rtacha harorati 253 daraja Selsiy bo‘lib, Yerdan 2,47 marta katta.
Sayyora o‘z yulduzi atrofida atigi 6 kun ichida to‘liq aylanishni amalga oshiradi.
TOI-4184 b ekzosayyorasi
Tadqiqotga ko‘ra, TOI-4184 b sayyorasi bizdan 225 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Bu yulduz kattaligi va massasi bo‘yicha Quyoshnikidan taxminan 4 baravar kichikdir.
Olimlarning fikriga ko‘ra, bu sayyoraning o‘rtacha harorati Selsiy bo‘yicha 138 daraja va Yerdan 2,43 marta katta. Sayyora o‘z yulduzi atrofida atigi 5 kun ichida to‘liq aylanishni amalga oshiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!