Pavar Marsel magʻlubiyati uchun javobgarlikni oldi

Fransiya chempionatining toʻqqizinchi turida "Marsel" mehmonda "Lans"ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Provansliklar himoyachisi Benjamen Pavar jamoasining muvaffaqiyatsiz natijasi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.
"Marsel" muxlislaridan uzr soʻrayman. Men xato qildim va natijaga boʻlgan javobgarlikni oʻzimga olaman.
"Marsel" kabi klubda oʻynayotganingda ideal boʻlishing kerak. Yaxshiroq oʻyin koʻrsatishga va ishonchni qaytarishga vaʼda beraman", – deydi fransiyalik futbolchi Footmercato nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, oʻyinda Benjamen avtogol muallifi boʻldi va bu gol "Lans"ga gʻalaba keltirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing