Kamavinga yangi pozitsiyada o'ynadi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Ispaniya La Ligasining o'ninchi turida "Barselona" ustidan erishilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Mezbonlar prinsipial raqibni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
"O'ng qanot vingeri. Yangi pozitsiya ochildi", - deya yozib qoldirdi 22 yoshli fransiyalik futbolchi o'z postida.
Kecha erishilgan muvaffaqiyatdan so'ng Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni mustahkamladi. "Qirollik klubi" 27 ochkoga ega bo'ldi.
"Barselona" esa Xans-Diter Flik boshchiligida 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"O'ng qanot vingeri. Yangi pozitsiya ochildi", - deya yozib qoldirdi 22 yoshli fransiyalik futbolchi o'z postida.
Kecha erishilgan muvaffaqiyatdan so'ng Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni mustahkamladi. "Qirollik klubi" 27 ochkoga ega bo'ldi.
"Barselona" esa Xans-Diter Flik boshchiligida 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…