10:54 / 12.07.2023
915

Ko‘tarilayotgan harorat: Yer qanchaga dosh bera oladi?

Ko‘tarilayotgan harorat: Yer qanchaga dosh bera oladi?

Foto: Kun.uz

Yerning o‘rtacha harorati 60 daraja atrofida issiqqa yetdi. Bu esa issiq oqimlar ko‘payishiga sabab bo‘lyapti. Harorat oshib borishi natijasida bir necha issiqxona davrlarini boshdan kechirgan Yer sayyorasi bu safar issiqlikka insoniyat kechirayotgan turmush tarzi sabab yuz tutyapti. Eng yomoni, Yer ham xuddi qo‘shni Venera sayyorasi kabi qizib ketishi ehtimoli bor. 

Iyul oyi boshida Yer sayyorasida 1979 yildan beri ilk marta eng issiq harorat qayd etildi. AQSh Atrof-muhitni prognoz qilish milliy markazi o‘rganishlariga ko‘ra, harorat 1979 yilgi rekordni yangilab o‘rtacha 62 gradus issiqqa chiqqan.

Ekspertlar bu rekord tez orada yana yangilanishini prognoz qilyapti. Biroq Yerning bardoshi qanchaga yetadi? Rekord darajada issiq ob-havo qayd etilaversa ham, biz odatiy turmush tarzimizni davom ettirishimiz mumkinmi?

Yer sayyorasida o‘tmishda ham issiq kunlar qayd etilgan, bunday harorat ko‘tarilishlari kelajakda ham albatta sodir bo‘ladi. Issiqxona davri deb atalgan tarixiy bosqichda Yer issiqxona gazlari bilan to‘lgan va dahshatli issiqlik to‘lqinlari kuzatilgan. Insoniyat chiqarayotgan uglevod chiqindilari Yerni yana o‘sha issiqxona davriga qaytarmasligi mumkin, lekin iqlim o‘zgarishi issiqlik oqimlarini ko‘paytirishi aniq.

Xitoyda kuzatilgan jazirama 2022 yil.

Yer harorat yuqoriligi sabab qo‘rg‘oshin erib ketadigan Venera sayyorasi darajasiga borib qolmasa ham, tez-tez kuzatilayotgan issiq oqimlar insonning haroratlarga chidamlilik chegaralarini buzib o‘tadigan darajada ko‘p sodir bo‘ladi.

Issiqlik davrlari qanday bo‘lgan?

Ayni paytda Yer muzxona davrini boshdan kechiryapti, bu degani muz hosil bo‘lishi uchun yetarlicha sovuq harorat bo‘layotganini anglatadi. Issiq dunyo qanday bo‘lganini tushunish uchun esa bundan 50 mln yil oldinga, Eotsen davriga qaytishga to‘g‘ri keladi.

“Eotsen davri Yer sayyorasida kuzatilgan haqiqiy issiq davr bo‘lgan”, deydi Arizona universiteti klimatologi Jyessika Tierney.

Hozir Yerning o‘rtacha harorati 60 daraja atrofida. Eotsen davri boshlarida esa harorat o‘rtacha 70 daraja bo‘lgan va o‘shanda dunyo butunlay boshqacha manzarada edi. Qutblar muzliklardan butunlay xoli, tropik okeanlar 95 daraja issiqlikda qaynagan, Arktikada esa timsohlar va palma daraxtlarini ko‘rish mumkin edi. Eotsen davridan oldingi davrida esa Yer bundan ham issiqroq bo‘lgan.

O‘rganishlarga ko‘ra, Yerda bundan 92 mln yil avval 85 daraja, 250 mln yil avval esa 90 daraja atrofida issiq kuzatilgan va millionlab yil shu harorat saqlanib qolgan. Mana shu issiqlik bosqichlarida Yerda tiriklik xavf ostida bo‘lgan, nobud bo‘lish ko‘rsatkichi pikda bo‘lgan.

Jyessika Tierneyning qayd etishicha, o‘rtacha harorat qancha yuqori bo‘lsa, Yerda issiq to‘lqinlar shuncha ko‘p kuzatiladi.

O‘tmishdagi issiq davrlar bilan hozirning bog‘liqligi nimada?

Yerning oxirgi issiqxona davrlarining hammasida bir umumiylik bor: ular atmosferaga katta miqdordagi issiqxona gazlari ko‘tarilishi natijasida hosil bo‘lgan. Xoh vulqon otishlari sabab karbonat angidrid ajralib chiqqan bo‘lsin, xoh dengiz tubidan metanli ko‘piklar ajralishi natijasida bo‘lsin, ko‘tarilgan issiqxona gazlari Yer isishiga sabab bo‘lgan. Odamzod ham xuddi shunga o‘xshash tajriba o‘tkazib ko‘ryapti: katta miqdordagi qazib olinayotgan yoqilg‘ilarni yoqish natijasida misli ko‘rilmagan karbonat angidrid ajralib chiqishiga sabab bo‘lyapti.

Buning natijasida xuddi oldingi issiqlik davrlaridagi kabi o‘rtacha harorat tezlik bilan ko‘tarilyapti, ekstremal issiq kunlar soni oshyapti. Tadqiqotlarga ko‘ra, inson ta’siri bo‘lmaganda so‘nggi paytlarda qayd etilayotgan rekord darajadagi issiq kunlar kuzatilishi deyarli imkonsiz bo‘lar edi.

Olimlarga ko‘ra, atmosferaga doimiy ravishda uglerod chiqarishda davom etsak, Yer qanchalik qizib ketishini prognoz qilish qiyin. Issiqlik to‘lqinlari harorati oshib borishi biz qancha karbonat angidrid chiqarishimizga bog‘liq. Biroq biz karbonat angidrid chiqarishni cheklamay davom etaversak, harorat pikka chiqishi tadqiqotlarda o‘rganilgan. Masalan, shunday davom etaversa, asr oxiriga borib Kaliforniyada harorat hozirgidan 10-14 daraja yuqori bo‘lishi mumkin.

Yerda hayot tugaydimi?

Planeta olimlari uzoq vaqtlar davomida Quyoshning qarishi va yorqinlashib borishi natijasida Yer yuzasi oxir-oqibat okeanlar xuddi pechdagi suv kabi qizib turadigan darajaga yetishini prognoz qilib kelishadi. Ana o‘sha paytda, bundan bir milliard yilcha keyin asosiy issiqxona effektini hosil qiluvchi suv bug‘lari – atmosferaga ko‘tarilishi natijasida bizning dunyomiz xuddi qo‘shni sayyora Veneraga o‘xshagan tarzda o‘zgaradi. Venerali zaharli, oltingugurtli atmosfera ostida tuproq sirtining harorati 900 darajaga yaqin.

“Agar quyosh issiqligi oshib borsa, Yerda ham xuddi shunday holat sodir bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinyapti. Milliardlab yillar oldin Venerada ham qulay iqlim sharoiti va okeanlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deydi Shimoliy Karolina universiteti olimi Paul Birn.

Biroq Venera to‘laligicha quyosh tufayli halokatga yuz tutmagan bo‘lishi mumkin. Yaqinda olib borilgan modellashtirish ishlari Venera vulqon otilishlari sabab karbonat angidridning atmosferaga chiqarilishi sabab ham vayron bo‘lgani ehtimoli haqida ma’lumot bergan. Har qaysi ssenariyda ham: xoh quyosh qizitishi, xoh vulqon otilishi sabab bo‘lsin, bizning nazoratimizdan tashqarida bo‘lgan holatlar sabab Yerning kelajakdagi iqlimi ham dahshatli issiq bo‘lishi mumkin.

“Borib-borib Veneradagi kabi 475 daraja issiq Yerda ham kuzatiladimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Biroq agar Yer Venera kabi o‘tish davrini boshidan kechirsa, bir kun kelib haqiqatan juda ham issiq bo‘ladi”, deydi Paul Birn.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko‘tarilayotgan harorat: Yer qanchaga dosh bera oladi?
ePN