South China Morning Post nashrining ma’lum qilishicha, dushanba kuni ertalab, Dubaydan kelayotgan Boeing 777 rusumli yuk samolyoti qo‘nish paytida yo‘ldan chiqib ketgan va dengiz sohilida to‘xtab turgan xizmat avtomashinasiga urilib, suvga tushib ketgan.
Ayni ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilda bo‘lgan ikki shaxsdan biri voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot ekipaji sog‘-salomat, ular orasida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda Gonkong aeroportining shimoliy qo‘nish yo‘lagi vaqtincha yopilgan. Mutasaddi idoralar tomonidan hodisaning aniq sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.
Mazkur holat aviatsiya xavfsizligi masalalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor namoyon qildi. Tekshiruv natijalari jamoatchilikka ma’lum qilinishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!