date

“Endi bu mamlakat fuqarosi emasman” — AQSH fuqaroligidan voz kechuvchilar soni ko‘paymoqda

“Endi bu mamlakat fuqarosi emasman” — AQSH fuqaroligidan voz kechuvchilar soni ko‘paymoqda

Chet elda doimiy istiqomat qilayotgan AQSH fuqarolari orasida siyosiy sabablarga ko‘ra Amerika fuqaroligidan voz kechayotganlar soni keskin ortmoqda.

The Washington Post nashrining yozishicha, har yili taxminan 5–6 ming nafar amerikalik rasman fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilmoqda. Ilgari asosiy sabab sifatida soliq va tashkiliy masalalar tilga olingan bo‘lsa, so‘nggi vaqtlarda siyosiy norozilik bu qarorning bosh sababiga aylangan.

Immigratsiya bo‘yicha huquqshunoslar ta’kidlashiga ko‘ra, bu tendensiya so‘nggi ikki yilda yanada kuchaygan. Ular fuqarolikdan voz kechish jarayoni qimmat va murakkab ekanini, ammo shunga qaramay, bunday qarorga kelayotganlar ko‘payayotganini qayd etgan.

Greenback xalqaro konsalting kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 51 foizi 2024–2025 yillar oralig‘ida AQSHdagi siyosiy muhitdan norozi bo‘lgani tufayli fuqarolikdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rgan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu holat AQSHdagi ichki siyosiy keskinlik, partiyalararo qarama-qarshiliklar, ijtimoiy beqarorlik va tashqi siyosatga bo‘lgan ishonchsizlik bilan bog‘liq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Endi bu mamlakat fuqarosi emasman” — AQSH fuqaroligidan voz kechuvchilar soni ko‘paymoqda