date

Nigeriyada qurolli to‘dalar 70 dan ortiq odamni olib qochdi

Nigeriyada qurolli to‘dalar 70 dan ortiq odamni olib qochdi

Nigeriyaning Zamfara shtatidagi ikki qishloqda qurollangan to‘da a’zolari hujum uyushtirib, kamida 73 nafar fuqaroni asirga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Buzugu va Rayau qishloqlarida sodir bo‘lgan. Hujum natijasida ko‘plab aholi yaralangan. Tergov ishlari boshlangan, xavfsizlik kuchlari voqea joyiga yetkazilgan.

Nigeriya bir necha yildan buyon qurolli to‘dalar va ekstremistik guruhlar faoliyatidan aziyat chekyapti. Ular orasida «Boko Xaram» hamda ISHIDning G‘arbiy Afrikadagi ISWAP bo‘limi kabi tashkilotlar bor. Ushbu guruhlar mamlakatning turli mintaqalarida odam o‘g‘irlash, portlashlar va terrorchilik hujumlarini amalga oshirib turishadi.

Qonunga ko‘ra odam o‘g‘irlash uchun o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa-da, bu jinoyat turi hali ham keng tarqalgan. Qurolli shaxslar asosan mamlakat shimolidagi qishloqlar, maktablar va yo‘lovchilarni nishonga olib, tovon puli talab qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada qurolli to‘dalar 70 dan ortiq odamni olib qochdi