Nigeriyada qurolli to‘dalar navbatdagi qonli hujumni amalga oshirdi — Zamfara shtatidagi ikki qishloqda 73 nafar fuqaro noqonuniy ravishda olib ketildi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Mahalliy manbalar ma’lumoticha, qurolli shaxslar Buzugu va Rayau qishloqlariga kechasi hujum qilgan. Ular aholini qurol bilan tahdid qilib, yirik guruh holatida odamlarni o‘g‘irlab ketgan. Hodisa davomida bir nechta fuqaro yaralangani, ayrim uylarga ham ziyon yetgani ma’lum qilingan.
Hukumatning bildirishicha, voqea joyiga xavfsizlik kuchlari jo‘natilgan va hozirda tergov ishlari boshlangan. Qurolli to‘dalarning harakat yo‘nalishi aniqlanmoqda, mahalliy aholi esa himoya kuchaytirilishini talab qilmoqda.
Nigeriyada so‘nggi yillarda qurolli guruhlar va terroristik tashkilotlar faoliyati kuchaygan. Ular orasida eng faollari sifatida “Boko Haram” va “ISHID – G‘arbiy Afrika bo‘limi” (ISWAP) tilga olinadi. Bu tuzilmalar mamlakatning turli hududlarida maktablar, yo‘lovchilar va qishloq aholisiga qarshi hujumlar uyushtirib keladi.
Qonunga ko‘ra, odam o‘g‘irlash uchun Nigeriyada qat’iy jazo — hatto o‘lim hukmi ham nazarda tutilgan. Biroq bu choralar ham voqealarning oldini to‘liq ololmayapti. Mamlakat shimolida odam o‘g‘irlab tovlamachilik qilish oddiy jinoiy daromad manbai sifatida keng tarqalgan.
Nigeriyada qurolli guruhlar yana odam o‘g‘irlash to‘lqinini boshladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar