21:53 / 12.07.2023
370

Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ma’qulladi. Bu nimani anglatadi?

Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ma’qulladi. Bu nimani anglatadi?

Foto: Filip Singer / EPA / Scanpix / LETA

2022 yil yozida, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini fonida, Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lib kirish uchun zayavka topshirgandi. Alyans qoidalariga ko‘ra, bu murojaatlar barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan ma’qullanishi talab etiladi, ammo Turkiya ikki mamlakatni ham Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llashda ayblab (Anqara bu partiyani «terrorchilik tashkiloti» deb biladi), qarshi chiqdi. Finlandiya barcha shartlarni bajardi va allaqachon alyans a’zosiga aylandi, ammo Shvetsiya bilan bog‘liq vaziyat murakkab tus oldi.

NATOning Vilnyusdagi sammiti arafasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar Turkiya Yevroittifoqqa qabul qilinsa, uning mamlakati Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga rozi bo‘lishini aytdi. Ammo bir necha soat o‘tib baribir Stokholmning zayavkasini qo‘llashga rozilik berdi. «Meduza» sharqshunos Ruslan Suleymanovdan Erdo‘g‘an nega aynan bunday harakat qilgani va bu unga yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda yo‘qotishi mumkin bo‘lgan hokimiyatni saqlab qolishda qanday ko‘mak berishi borasida so‘radi.

«Bu [Erdo‘g‘anning Shvetsiya NATOga qo‘shilishiga roziligi] kutilmagan holat bo‘lmadi. Barchasi shunga qarab ketayotgandi, bu shunchaki vaqt masalasi edi.

Erdo‘g‘an vaqti-vaqti bilan ilgari surayotgan talablar — masalan, Stokholm 120 nafar kurd faolini Anqaraga berishi bo‘yicha — niqob edi. Erdo‘g‘an G‘arb va Rossiya o‘rtasida ikki tomonlama o‘yin qildi, ammo yakunda Finlandiya ham, Shvetsiya ham NATOga kirishi bo‘yicha qaror qabul qildi. Ko‘p jihatdan u Kreml bunga mutlaqo munosabat bildirmasligini anglab turgani tufayli shunday bo‘ldi — biz buni [reaksiya yo‘qligini] Finlandiyaning zayavkasi ma’qullanganida ko‘rgandik. Shvetsiya bilan ham shunday — Kreml buni shunchaki yutib yuboradi va bunga hech narsa demaydi.

NATOning o‘tgan yil yozidagi sammitida Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya Stokholm va Xelsinkining alyansga kirishi bilan bog‘liq barcha masalalarni birgalikda hal qilish haqidagi dastlabki kelishuvlarni imzolagandi. O‘shandayoq Anqara shu yo‘ldan borishi va Moskva bilan o‘ynashda davom etmasligi aniq edi. Ammo Erdo‘g‘an balans uchun o‘zining alohida o‘yinini o‘ynadi.

Boshqa tomondan, bu ichki siyosiy resurs hamdir: Erdo‘g‘an o‘zini turk xalqi manfaatlari himoyachisi sifatida ko‘rsatadi, Turkiyada esa hali ham NATOga qarshi kayfiyat kuchli. May oyida bo‘ladigan saylovlar arafasida esa bu kartani Shvetsiya va Finlandiya bilan o‘ynash uning uchun muhim edi. Shunday ekan, bu o‘yin Erdo‘g‘an uchun juda foydali bo‘ldi — ammo u ertami-kechmi shvedlarning ham zayavkasini ma’qullagan bo‘lardi.

Shvetsiya bilan bu jarayon Finlandiyaga qaraganda biroz murakkabroq bo‘lib chiqdi. Stokholm Anqara terrorchilar deb hisoblovchi kurdlarga, ya’ni Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi vakillariga ko‘proq imkoniyat taqdim etgan. Kurdlar o‘zlarini Shvetsiyada qulay his qilishadi, shved parlamentida etnik kurdlar ham bor. Shuning uchun, aftidan, [Turkiyada] bu davlatga savollar ko‘proq bo‘lgan. Qolaversa [2023 yil yanvarida] Turkiyaning Stokholmdagi elchixonasi yaqinida Qur’on kitobi ochiqchasiga yoqilishi bilan bog‘liq mojaro ro‘y bergandi — Erdo‘g‘an ko‘pincha [bunday aksiyalardan] nafaqat turklar, balki butun musulmonlar manfaatlari himoyachisi sifatida [siyosiy] ochko ishlashga harakat qiladi.

Erdo‘g‘anning [dastlab Turkiyaga YEI a’zoligini berish va shundan keyingina Shvetsiyaga NATO tomon yo‘l ochilishi haqidagi] so‘zlarini umuman jiddiy qabul qilmaslik kerak. U vaqti-vaqti bilan yevropaliklar Turkiyadan yuz o‘girganidan, Bryussel va Anqara o‘rtasidagi [Turkiyaning YEIga a’zoligi bo‘yicha] muzokaralar bir necha yil davomida muzlatib qo‘yilganidan shikoyat qilib turadi.

Ammo u bularning barchasini shunchaki o‘ziing ichki siyosiy maqsadlariga erishish uchun ritorika sifatida qo‘llaydi. Eslatib o‘taman, Turkiyada keyingi yil juda muhim munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tadi va Erdo‘g‘an o‘z partiyasi bilan [Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP)] yirik shaharlar — Istanbul, Anqara, Izmirni qo‘lga olishni istaydi — ularning barchasi hozirda muxolifatchilar nazorati ostida. Shaharlik ilg‘or liberal elektoratni o‘z tomoniga og‘dirish uchun u ularga noz-karashma qiladi — jumladan, yaqinda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarga qaytish uchun Turkiya hamma ishni qilishga urinishi va yevropaliklar Turkiyani eshitishi kerakligi haqida tez-tez gapira boshladi. Bu imo-ishoralarning bari — bo‘lajak saylovlar kontekstida jamoatchilikka xushomad qilishdir, undan ortiq emas.

Erdo‘g‘an, uning atrofidagilar va hukumat ta’siridagi OAV (Turkiyadagi nashrlarning 90 foizidan ortig‘i) buni [shveddao zayavkasi ma’qullanganini] uning diplomatik g‘alabasi sifatida ko‘rsatmoqda. Agar kundalik nashrlarning birinchi sahifalariga qarasak, ular Erdo‘g‘anni maqtashga bag‘ishlanganini ko‘ramiz. Masalan, Sabah gazetasi: «Barchasi Turkiya aytganidek bo‘ldi. Erdo‘g‘anning qat’iyati NATOdagi inqirozni uning diplomatik g‘alabasiga aylantirdi».

Argumentlardan biri shundaki, Shvetsiya endi go‘yoki Turkiyaning YEIga kirish bo‘yicha zayavkasini 100 foizga qo‘llab-quvvatlaydi. Qolaversa, Shvetsiya harbiy-sanoat kompleksida Turkiyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘lgani, Stokholm Turkiya va YEI o‘rtasida vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishi aytilgan.

Va albatta, terrorizm bilan kurash sohasidagi yon berishlar (ayniqsa shu mavzuga urg‘u qaratilmoqda): emishki, Stokholm bundan buyon Kurdiston ishchi partiyasini va boshqa kurd faollarini qo‘llamaydi. Garchi, bularning bari hali og‘zaki kelishuvlar bo‘lgani haqiqatga yaqinroq. Darhaqiqat, biz bu punktlarning birortasi hujjat bilan tasdiqlanganini ko‘rmadik.

Sof huquqiy jihatdan hali [Erdo‘g‘anning qarori] Turkiya parlamentida tasdiqlanishi kerak, parlament 1 iyul kuni ta’tilga chiqishi kerak edi, ammo hech qanday izohi keltirilmagan holda faoliyatini davom ettirmoqda. Iyunda ko‘plab turk ekspertlari parlament faoliyati uzaytirilishi Shvetsiya zayavkasi ma’qullanishi bilan bog‘liq ekanini taxmin qilishgandi. Ammo hozirda turk nashrlari xabar qilishicha, bu katta ehtimol bilan kuzda, 1 oktyabr kuni, parlament faoliyati qayta tiklanganida ma’qullanadi. O‘ylaymanki, bu shunchaki jarayonni kechiktirishning bir usuli — Turkiya o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishi dargumon».


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ma’qulladi. Bu nimani anglatadi?
ePN