date

Taal vulqoni uch marta faollashib, osmonni kul qopladi

Taal vulqoni uch marta faollashib, osmonni kul qopladi

Filippinda joylashgan Taal vulqoni yana faollikka o‘tdi. Tabiiy hodisa natijasida vulqon 2100 metr balandlikka kul sochdi va Batangas viloyatidagi Tanauan shahrini qattiq tutun qopladi.

Filippin vulqonshunoslik va seysmologiya instituti ma’lumotiga ko‘ra, vulqonda ikkita kuchsiz freatomagmatik va bitta freatik portlash kuzatilgan. Mutaxassislar hozircha xavf darajasi oshirilmaganini, ammo aholiga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilganini ta’kidlamoqda.

Ta’kidlanishicha, Taal mamlakatdagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lib, u so‘nggi yillarda bir necha bor kuchli otilishlar bilan xavf solgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taal vulqoni uch marta faollashib, osmonni kul qopladi