Ukraina urushi Putin reytingiga kuchli turtki berdi

Ukraina urushi Putin reytingiga kuchli turtki berdi
Qisqacha

Rossiyada o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, Vladimir Putinning faoliyatini qo'llab-quvvatlaganlar ulushi 65 foizga yetib, kuzatuv tarixidagi rekord natijani qayd etdi. Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin Putin faoliyatini qo'llab-quvvatlash darajasi 60 foizdan oshgan. Iosif Stalin 45 foizlik ijobiy baho bilan ikkinchi o'rinni egalladi, Nikolay II va Leonid Brejnev haqidagi ijobiy fikrlar ham oshdi.

Rossiyada o‘tkazilgan yangi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Vladimir Putinning mashhurligi so‘nggi yillardagi eng yuqori darajaga chiqdi. Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga asosan, ishtirokchilarning 65 foizi prezident faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan. Bu ko‘rsatkich butun kuzatuv tarixi davomidagi rekord natija hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, 2000 yilda faqat 12 foiz rossiyalik Putinni “mamlakat uchun foydali” deb baholagan bo‘lsa, 2018 yilda bu raqam 54 foizga yetgan. Ukrainadagi urush boshlangach, qo‘llab-quvvatlash darajasi yana oshib, 60 foizdan oshgan.

So‘rov natijalarida ikkinchi o‘rinni Iosif Stalin egalladi — uning faoliyatini respondentlarning 45 foizi ijobiy baholagan. Sovet davri rahbarining reytingi ham so‘nggi o‘ttiz yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga chiqqan. 2016 yilda bu raqam 31 foizni, 2022 yilda 40 foizni, 2025 yilda esa 45 foizni tashkil etgan.

Shu bilan birga, Nikolay II (16 foiz) va Leonid Brejnev (24 foiz) haqida ijobiy fikr bildirganlar soni ham ortgani qayd etilgan.

Eng salbiy baholar esa Mixail Gorbachyov va Boris Yelsinga to‘g‘ri kelgan. Rossiyaliklarning 59 foizi Gorbachyovni, 56 foizi esa Yelsinni mamlakat tarixidagi eng ko‘p zarar yetkazgan rahbarlar sifatida atagan.

Ukraina urushi Putin reytingiga kuchli turtki berdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar