
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga keldi.
“Shoudu” xalqaro aeroportida davlat rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.



Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif doirasida 17-18 oktyabr kunlari davlat rahbari XXR raisi Si Tszinpin va Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar