date

Qozog‘istonda porachilar uchun “sharmandalar ro‘yxati” joriy etilmoqda

Qozog‘istonda porachilar uchun “sharmandalar ro‘yxati” joriy etilmoqda

Qozog‘istonda iqtisodiy jinoyatlarga aloqador shaxslar va kompaniyalar uchun maxsus ochiq reyestr tashkil etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, qonunbuzarlikka aloqadorlar haqidagi ma’lumotlar omma uchun ochiq ro‘yxatga kiritiladi. Bu haqda “Tengrinews” ma'lum qildi.

Mazkur tizim joriy yilning 18 mayidan kuchga kiradi. Unga uch toifadagi shaxslar kiritiladi: sud hukmi bilan aybdor deb topilgan jismoniy shaxslar, iqtisodiy jinoyatlarda ishtirok etgan tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, jinoyatlarda foydalanilgan yuridik shaxslar.

Reyestr iqtisodiy tergov xizmati rasmiy saytida e’lon qilinadi. Unda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, jinoyat moddasi va ishni ko‘rib chiqqan organ haqida axborot joylashtiriladi. Kompaniyalar uchun esa tashkilot nomi va identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ro‘yxat muntazam ravishda yangilanib boradi. Sudlanganlik bekor qilinganda, muddati tugaganda yoki shaxs vafot etganda, shuningdek, kompaniya tugatilganda, ular reyestrdan chiqariladi.

Yangi tizim korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda porachilar uchun “sharmandalar ro‘yxati” joriy etilmoqda