date

Myanmada og‘irligi 11 ming karat bo‘lgan noyob yoqut topildi

Myanmada og‘irligi 11 ming karat bo‘lgan noyob yoqut topildi

Фото: Мянма ахборот вазирлиги

Myanmada og‘irligi 11 ming karat yoki 2,2 kilogramm bo‘lgan noyob yoqut topildi. Bu haqda mamlakat axborot vazirligi ma’lum qildi.

Qimmatbaho tosh Mandalay yaqinidagi Mogok tumanida aniqlangan. Ushbu hudud Myanmaning asosiy qimmatbaho toshlar qazib olinadigan markazlaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislar fikricha, yangi topilgan yoqut sifati va rangi jihatidan avvalgi ko‘plab toshlardan ustun hisoblanadi. Ayrim ekspertlar uni 1996 yilda topilgan 21,45 ming karatli mashhur yoqutdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Tosh to‘q qizil rang va sarg‘ish tusga ega bo‘lib, shishasimon yaltiroqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u hozircha ishlov berilmagan holda saqlanayotgani ma’lum qilindi.

Hozircha yoqutning aniq qiymati ochiqlanmagan. Uni kim topgani haqida ham rasmiy ma’lumot berilmagan.

Myanma dunyo bozorida nefrit va boshqa qimmatbaho toshlarning yirik yetkazib beruvchilaridan biri sanaladi. Shu bilan birga, mamlakatda qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq qora bozor ham mavjudligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2015-yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan Sotheby’s auksionida 25,59 karatli yoqut 30,33 million dollarga sotilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Myanmada og‘irligi 11 ming karat bo‘lgan noyob yoqut topildi