date

Turkiyada o‘zbekistonlik ishchi press ostida halok bo‘ldi

Turkiyada o‘zbekistonlik ishchi press ostida halok bo‘ldi

Turkiyaning Sakarya viloyati, So‘g‘utli tumanida joylashgan sanoat hududida ayanchli voqea sodir bo‘ldi. Alyuminiy ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan 54 yoshli o‘zbekistonlik ishchi baxtsiz hodisa qurboniga aylandi. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari ma'lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 may kuni zavodda faoliyat yuritayotgan O.E. ismli ishchi noma’lum sabablarga ko‘ra yirik press dastgohi ostida qolib ketgan. Hodisa sodir bo‘lishi bilanoq uning hamkasblari zudlik bilan tegishli xizmatlarga xabar bergan.

Voqea joyiga ko‘p sonli qutqaruv guruhlari — o‘t o‘chiruvchilar, tez tibbiy yordam va politsiya xodimlari yetib kelgan. Afsuski, ishchi og‘ir jarohatlar oqibatida hodisa joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum joriy yilning 22 mart kuni qonuniy ravishda Turkiyaga kelib, ro‘zg‘orini yaxshilash va yangi hayot boshlash maqsadida ish boshlagan edi. Biroq uning mehnat faoliyatiga ikki oy ham to‘lmay turib, ushbu fojia sodir bo‘ldi.

Hozirda Sakarya Respublika prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud-tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislar voqea sabablarini aniqlash uchun zavoddagi xavfsizlik kameralari yozuvlarini va ishlab chiqarish uskunalarini tekshirmoqda. Hodisa ehtiyotsizlik yoki texnik nosozlik natijasida yuz bergani o‘rganilmoqda.

Marhumning jasadi o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan. Tergov ishlari davom etayotgani sababli korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni vaqtincha to‘xtatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada o‘zbekistonlik ishchi press ostida halok bo‘ldi