Foto: Google Images
NATO davlatlari Rossiya bilan ziddiyatga kirishishni xohlamaydi, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U NATOni Rossiya-Ukraina mojarosiga tortishga bo‘lgan har qanday urinishlarga AQSH va Yevropa Ittifoqi qarshilik ko‘rsatishini ta’kidladi. Shu bilan birga, kansler Ukraina tez orada jiddiy qurol taqchilligiga duch kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Bizning qo‘llab-quvvatlashimizga qaramay, Ukraina tez orada jiddiy qurol va o‘q-dorilar yetishmasligiga duch kelishi mumkin. Ba’zi moliyaviy majburiyatlar allaqachon tugadi, boshqalari esa uzaytirilishi kerak”, — deydi Shols The Wall Street Journal uchun yozgan maqolasida.
Olaf Shols Yevropa Ittifoqi Ukrainaning eng yirik moliyaviy homiysi ekanligini, Germaniya yordami esa Amerikadan keyin ikkinchi o‘rinda turishini ta’kidladi.
Amerika matbuoti so‘nggi haftalarda Ukraina armiyasida qurol-yarog‘ yetishmayotgani haqida xabar bermoqda. AQSH Kongressi 2023 yil kuzidan beri Ukrainaga yordam berish borasida kelisha olmayapti. Bir kun avval, 7 fevral kuni AQSH Senatida ikki partiya o‘rtasida mablag‘ ajratish, jumladan, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv protsessual ovoz berishdan o‘tmadi.
Yevropa Ittifoqida Ukrainani moliyalashtirish mexanizmlari borasida bahslar davom etmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Germaniya Yevropa tinchlik jamg‘armasining ish sxemasidan norozi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?