date

Kimmix: "Bu rekord tasodif emas"

Kimmix: "Bu rekord tasodif emas"
Bavariya yarim himoyachisi Yozua Kimmix jamoasining mavsum startida ketma-ket 13ta o‘yinda g‘alaba qozongan rekordini izohladi. "Bu rekord tasodif emas.

Bu bizning mashaqqatli mehnatimizning mukofoti. Jamoamiz juda kuchli, hattoki zahiradan tushgan futbolchilar ham o‘yinlarni o‘zgartira olishadi.

Biz birlashganmiz va har doim bir-birimizdan xursand bo‘lamiz. Albatta, tarkib uchun raqobat bor, ammo har birimiz umumiy maqsad yo‘lida bor kuchimizni sarflaymiz", – dedi Kimmix Bayern & Germany nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Bavariya Yevropaning top chempionatlari tarixida mavsum startida 13ta o‘yinda g‘alaba qozongan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Bungacha bunday natijaga 1992/93 yilgi mavsumda Milan erishgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kimmix: "Bu rekord tasodif emas"