
Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasidan keyin haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol bir yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Voqea bu yilning aprel oyida Yunusobod tumanida sodir bo‘lgandi. Spark va Matiz avtomobillari o‘rtasida yuz bergan kichik YTHdan so‘ng, Spark haydovchisi bo‘lgan ayol o‘zini yo‘qotib, temir bolg‘a bilan Matiz haydovchisiga tashlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ayol mashinasidan tushib, Matiz oynalarini sindirayotgani va erkakka bir necha marta zarba berayotgani aks etgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan va unga engil miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan.
Sudda har ikki tomon bir-birini provokatsiyada ayblagan. Ayol esa Spark haydovchisi o‘zini haqorat qilganini aytib, javoban mashinasida bo‘lgan alyuminiy bolg‘ani ishlatganini tan olgan.
Oliy sud ayolni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga bir yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Shuningdek, sud qaroriga ko‘ra, ayol jabrlanuvchiga yetkazilgan 5 million 300 ming so‘m zarar miqdorini to‘lashi shart.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!