290
Qozog‘iston narkotik iste’mol qilishda yetakchi davlatlar o‘nligiga kirdi. O‘zbekiston-chi?
Foto: Getty Images
Qozog‘iston dunyo bo‘ylab narkotik iste’mol qilish reytingida 8-o‘rinni, O‘zbekiston esa 95-o‘rinni egalladi. World Population Review tashkiloti saytida tegishli ma’lumot e’lon qilindi.
World Population Review tahlilchilari har yili BMTning Narkotiklar bo‘yicha Jahon hisoboti va JSSTning global observatoriyasi ma’lumotlariga tayanib, taqiqlangan moddalarni iste’mol qilish bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzadi.
Nasha dunyodagi eng keng tarqalgan giyohvand modda bo‘lib qolmoqda. 2022 yilgi Jahon narkotiklar hisobotiga ko‘ra, u154 ta mamlakat va hududlarda, opium esa 57 ta davlatda eng ko‘p yetishtirilgan giyohvand moddaga aylangan. Kokain ishlab chiqarish uchun qayta ishlanadigan koka o‘simligi esa sakkiz mamlakatda yetishtiriladi.
Giyohvand moddalar eng ko‘p iste’mol qilinadigan 10 ta davlat:
1. AQSH — amerikaliklarning taxminan 6 foizi giyohvand moddalarni iste’mol qiladi. Shu sababli, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, mamlakat aholisi sog‘lom turmush tarzining 6,7 yilini yo‘qotadi;
2. Estoniya — aholisi umrining besh yilini yo‘qotadi;
3. Belarus — fuqarolari giyohvand moddalarni iste’mol qilish tufayli o‘rtacha 4,1 yil umrini yo‘qotadi;
4. Mongoliya — 4 yil;
5. Kanada — 3,9 yil;
6. Grenlandiya — 3,9 yil;
7. Rossiya – 3,8 yil;
8. Qozog‘iston – 3,7 yil;
9. Birlashgan Arab Amirliklari – 3,7 yil;
10. Daniya – 3,6 yil.
Markaziy Osiyo bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa quyidagicha:
- Qirg‘iziston 23-o‘rin;
- Turkmaniston 41-o‘rin;
- Tojikiston 76-o‘rin;
- O‘zbekiston 95-o‘rin.
E’tiborli jihati 2022 yilda jahondagi afyunning 80 foizini yetishtirgan Afg‘oniston reytingda 170-o‘rinni qayd etdi. Ehtimol bu “Tolibon” tomonidan giyohvandlarni ommaviy davolash va narkotik yetishtirishni taqiqlash bilan bog‘liq olib borilayotgan kampaniya natijasi bo‘lishi mumkin.
2023 yil Myanma afyun yetishtirish bo‘yicha Afg‘onistonni ortda qoldirib, dunyoda yetakchiga aylangan edi. Afg‘onistonda “Tolibon” tufayli ko‘knori yetishtirish 95 foizga kamaygan: yillik ishlab chiqarish — 333 tonna, Myanmada esa bu 1 080 tonnaga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi