date

Xitoyda chiqindi yetishmasligi ayrim zavodlarni yopilishiga olib keldi

Xitoyda chiqindi yetishmasligi ayrim zavodlarni yopilishiga olib keldi
Xitoyda oxirgi paytlarda kutilmagan holat kuzatilmoqda — chiqindi yoqish zavodlari chiqindilar yetishmasligi sababli o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Financial Times nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chiqindilar hajmining kamayishi mamlakatdagi iste’mol darajasining pasayishi, aholi sonining asta-sekin qisqarishi va chiqindilarni oqilona boshqarish tizimining samarali yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlanmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘n yil avval Xitoy shaharlarini “chiqindilar qamali”dan xalos qilish maqsadida ulkan sarmoya kiritgan edi. Milliardlab dollar mablag‘ hisobidan yuzlab yangi zavodlar barpo etildi, ularning asosiy vazifasi turli chiqindilarni qayta ishlash va yoqish orqali ekologik xavfni kamaytirishdan iborat edi.

Biroq sarflangan mablag‘lar natijasida bugungi kunda ayrim zavodlarning ishlab chiqarish quvvati mo‘ljaldan ortiq bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda ba’zi korxonalar chiqindilar hajmi yetarli bo‘lmagani uchun eshiklarini yopishga majbur bo‘lsa, boshqalari kerakli xomashyoni boshqa hududlardan sotib olish bilan cheklanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda chiqindi yetishmasligi ayrim zavodlarni yopilishiga olib keldi