Xitoyda 86 million yillik dinozavr tuxumlari topildi

1 daqiqa o'qish2.9K
Xitoyda 86 million yillik dinozavr tuxumlari topildi

Xitoyda fan olamini hayratga solgan navbatdagi katta kashfiyot ro‘y berdi. Markaziy hududda joylashgan Sinlunshan qazilma qo‘riqxonasida olimlar toshga aylangan tuxum qobig‘idan iborat noyob topilmalarni aniqladi. CNN yozishicha, ushbu topilma 28 ta tuxumdan iborat bo‘lib, ularning yoshi taxminan 86 million yil ekani hisoblab chiqildi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, topilgan tuxumlarning ko‘pchiligi Dendroolithidae oilasiga mansub bo‘lib, “Placoolithus tumiaolingensis” turiga tegishli. Ularning shakli biroz yassilangan shar ko‘rinishiga ega, uzunligi 120–170 millimetrgacha, qobig‘ining qalinligi esa 2,4 millimetrdan oshmaydi. Bu esa ularning noyob geologik xususiyatlarini ko‘rsatib turadi.

Olimlar sanani aniqlashda “atom soati” deb ataladigan usuldan foydalanishgan. Ya’ni tuxum qobig‘idagi qo‘rg‘oshin va uran izotoplari o‘lchanib, ularning aniq yoshi hisoblab chiqilgan.

Tadqiqotchilar endilikda ushbu texnika nafaqat yoshni belgilash, balki dinozavrlarning sovuq iqlimga qanday moslashganini o‘rganishda ham yordam berishidan umidvor. Chunki bu ma’lumotlar juda qadimgi turlar hayoti haqida yangi qirralarni ochishi mumkin.

“Biz topilmalarni juda ehtiyotkorlik bilan o‘rganishimiz zarur. Bu juda murakkab jarayon bo‘lib, zamonaviy laboratoriya va yuqori aniqlikka ega asbob-uskunalar talab qiladi. Eng muhimi, namuna boshqa moddalar bilan ifloslanib qolmasligi kerak”, — dedi tadqiqot yetakchisi Bi Chjao.

Mutaxassislar fikricha, ushbu kashfiyot jahon paleontologiyasida muhim bosqich bo‘lib, kelgusida dinozavrlar hayoti va ularning muhitga moslashuvi haqida yangi ma’lumotlarni ochib berishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?