Xitoyda xizmat itlari bilan ko‘z yoshli vidolashuv marosimi

1 daqiqa o'qish2.2K
Xitoyda xizmat itlari bilan ko‘z yoshli vidolashuv marosimi

Xitoyda insonlar hayotini qutqarish va xavfli vaziyatlarda jasorat ko‘rsatgan politsiya itlari sharafiga ta’sirli marosim o‘tkazildi. To‘rtta xizmat iti uzoq yillik xizmatdan so‘ng rasmiy ravishda nafaqaga chiqarildi va yangi oilalarga topshirildi. Bu haqida South China Morning Post xabar berdi.

Marosimda 2017 yilda firibgarlarni ushlashga yordam bergan 10 yoshli belgiya ovcharkasi Mett, sapyor sifatida xizmat qilgan 10 yoshli koker-spaniel Kerri, tayfun paytida uch insonni qutqargan 10 yoshli malinuа – Majingtiаn va portlovchi moddalarni izlashda tajriba to‘plagan 8 yoshli labrador retriver Eli o‘z ustozlari bilan xayrlashdi.

Ayni paytda marosimning onlayn translyatsiyasi uch milliondan ziyod tomoshabin to‘pladi. Xayrlashuv chog‘ida eng ta’sirli lahza Yelining o‘z murabbiyini ko‘rib qolishi bo‘ldi. It kutilmaganda arqondan chiqib, ustoziga qarab yugurdi. Bu manzara marosim ishtirokchilarini ko‘z yoshga soldi.

“Yelining o‘z murabbiyiga yugurganini ko‘rganimda qalbim titrab ketdi. Bu to‘rtta itning ustozlari bilan qanday mustahkam bog‘langanini angladim”, dedi marosim ishtirokchilaridan biri.

Xitoyda xizmat itlari juda qiyin saralash va mashg‘ulotlardan o‘tishadi. Tanlov jarayoni bir yoki ikki yil davom etib, ular harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuchlari yoki politsiya bo‘linmalarida xizmatga tayyorlanadi. So‘ngra besh yildan sakkiz yilgacha xizmat qilishadi.

Nafaqaga chiqqan itlar uchun esa yangi uy qidiriladi. Ular ko‘ngillilar yoki huquq-tartibot tizimidagi sobiq murabbiylar tomonidan qabul qilinadi. Shu tariqa qahramon itlar tinch hayotga qadam qo‘yadi, ammo ularning xizmat davrida ko‘rsatgan jasorati va sadoqati el orasida yodda qoladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?