“Chegarasiz daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili Qo‘shtepa kanali qurilishi bo‘yicha ishlar qayta boshlanganini tasdiqladi. Bu haqda “Chegarasiz daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi ma’lum qildi.
2024 yil 23 fevraldagi Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshi tasviri–
Qo‘shtepa kanali qurilishining qayta tiklanishi
Ekologlarning ogohlantirishicha, mintaqa keng qamrovli suv tanqisligiga tez sur’atlarda yaqinlashmoqda.
Yevropaning Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan so‘nggi suratlari loyihaning ikkinchi bosqichi so‘nggi bir oy ichida boshlanganidan dalolat beradi. Uzunligi 108 km bo‘lgan kanalning birinchi bosqichi qurib bitkazilgani inobatga olinsa, yaqin kunlarda Qo‘shtepaning roppa-rosa yarmi quriladi (kanalning umumiy loyiha uzunligi 285 km bo‘lishi kerak).
“Tolibon” to‘satdan yarim yo‘lda to‘xtab, yarim tayyor kanal qurilishini yakunlashdan bosh tortadi, deb o‘ylashga asos yo‘q. Shunga ko‘ra, hozir biz Afg‘onistonni Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida suv olish kvotalari bo‘yicha kelishuvlar doirasiga qo‘shish yo‘llarini izlashimiz kerak, aks holda mintaqada haqiqiy tartibsizlik xavfi mavjud, — deydi “Chegarasiz daryolar” ekologik koalitsiyasining mintaqaviy direktori Aleksandr Kolotov.
2024 yil 24 martdagi Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh surati: Qo‘shtepa kanali 30 km ga ko‘tarildi va keyingi ichki deltaga yetib keldi
Ikkinchi bosqich doirasida toliblar kanalning yana 177 kilometrini qurishni rejalashtirgan. Uchinchi bosqichda 550 ming gektar yerni sug‘orish uchun yordamchi kanallar qaziladi.
"Qo‘shtepa kanali qurib bitkazilgandan so‘ng, Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun Amudaryoning qariyb 20 foiz suv oqimi olinishiga to‘g‘ri keladi. Tojikistondagi bunyod qilinayotgan Rog‘un GES ham Amudaryo suviga ta’sirni yanada kuchaytiradi. Bu Amudaryo havzasiga haqiqiy zarba bo‘ladi”, — deydi “Chegara bilmas daryolar” ekologik koalitsiyasining xalqaro koordinatori Yevgeniy Simonov.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shtepa irrigatsiya kanalining birinchi navbati o‘tgan yilning oktyabr oyida toliblar tomonidan ochilgan edi. Oradan bir oy o‘tib, “Chegarasiz daryolar” koalitsiyasi mutaxassislarining sun’iy yo‘ldoshdan olgan suratlar kanalning 75-kilometrida to‘qqiz kilometrga cho‘zilgan ulkan suv toshishidan dalolat beradi. Bu toshqin avvalgidek fazodan olingan tasvirlarda ko‘zga tashlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi