20:45 / 29.08.2024
78

Afg‘oniston ayollarga qarshi urushga qaytmoqda

Afg‘oniston ayollarga qarshi urushga qaytmoqda
Foto: AP Photo
Afg‘oniston ayollarga qarshi urushga qaytmoqda, deb yozadi The Washington Post nashri. Nashr, shuningdek, 2021 yil avgust oyida AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilganidan so‘ng “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritgach, mamlakatda barcha qizlar uchun oltinchi sinfdan keyin ta’limni taqiqlaganini esga oladi.

“Tolibon” o‘sha vaqtda bu faqat “vaqtinchalik” chora ekanligini aytgan. Ammo keyin harakat rasmiylari ayollarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, yashash va erkinlik huquqlaridan mahrum qiluvchi bir qator farmon va qoidalarni qabul qilgan. Maktablar ham qayta ochilmagan.

Vaholanki, “Tolibon”ning ayollarga nisbatan zo‘ravonliklari vaqtinchalik emas, deydi WP.

Ushbu repressiv choralarning aksariyati endilikda 114 betlik “Fozillikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish to‘g‘risidagi qonun”da keltirib o‘tilgan. “Tolibon” yetakchilari o‘tgan hafta yomonlik va fozillik qonunlarining birinchi rasmiy deklaratsiyasida jazolar bilan yangi qonunni e’lon qildi. Associated Press nashri qonun bilan tanishib, tafsilotlarni e’lon qildi.

Yangi qonunda ta’kidlanishicha, “Tolibon” gender aparteid jamiyatini yaratmoqchi bo‘lib, unda hukumat ayollarning ovozini o‘chiradi, huquqlaridan mahrum qiladi va ularni butunlay erkaklarga qaram qiladi. Afg‘oniston bugungi kunda dunyodagi eng og‘ir ayollar huquqlari inqiroziga duch kelmoqda.

AQSH qo‘shinlarini Kobuldan tartibsiz olib chiqib ketganidan so‘ng, aksar diplomatlar “Tolibon” gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida 1996—2001 yillar oralig‘ida o‘rnatgan qattiq boshqaruvdan voz kechishga majbur bo‘lishini taxmin qilgan.

AP'ning yangi qonun haqidagi hisobotiga ko‘ra, u ayollarning har doim jamoat oldida tanalarini hamda yuzlarini yopishni talab qiladi. Kiyim yupqa, tor yoki kalta bo‘lmasligi kerak. Ayollar buzuqchilikdan saqlanish uchun barcha begona erkaklar, jumladan, musulmonlar va barcha musulmon bo‘lmaganlar oldida yuzlarini yopishlari kerak. Ayol qo‘shiq aytmasligi, omma oldida uning ovozi eshitilmasligi kerak. Ayollarga qon yoki nikoh aloqasi bo‘lmagan erkaklarga qarash taqiqlanadi. Qonun musiqani, yolg‘iz ayol sayohatchilarni tashishni va qarindosh bo‘lmagan erkak va ayollarning bir joyda bo‘lishini taqiqlaydi. Shuningdek, qonun tirik mavjudotlar tasvirlarini chop etishni ham taqiqlaydi.

“Tolibon” o‘zlari boshqargan davlatni vayron qilmoqda. Ayollar va qizlarni ta’lim va savdodan chetlashtirish ularning inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzibgina qolmay, balki mamlakatning zaif iqtisodiyotiga yanda zarar keltiradi, deya ta’kidlaydi nashr.
2022 yil oktyabr oyida “Tolibon” ayollarga qishloq xo‘jaligi, konchilik, qurilish muhandisligi, veterinariya va jurnalistikani universitet mutaxassisliklari sifatida tanlashni taqiqlab, fanlar ayollar uchun “juda qiyin” ekanini aytgan. 2022 yil dekabr oyida ayollarga davlat va xususiy universitetlarda o‘qishni butunlay taqiqlangan.

Human Rights Watch qayd etishicha, “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga olishdan bir kun avval millionlab afg‘on qizlari maktabda bo‘lgan.

Parlament a’zolarining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etgan. Ayollar hukumat vazirlari, sudyalari, professorlari va vertolyot uchuvchilari edi. Ayollar qo‘shiqchilar, rassomlar, konseptual rassomlar va aktyorlar edi. Ayollar orkestri bo‘lgan. Endi esa bularning hech biri yo‘q”.

WP xalqaro hamjamiyatni mazkur muammoga beparvo bo‘lmaslikka chaqiradi. Nashrga ko‘ra, “Tolibon” bilan aloqa bo‘lganda, boshqa davlatlar ayollarni delegatsiyalar tarkibiga kiritishlari va Afg‘onistondagi ayollar huquqlarini himoya qilishlari lozim. Dunyo bo‘ylab chet el yordami, ayniqsa, ayollar va qizlarga yordam berish hamda mamlakatdagi maktablarni saqlab qolishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

“Tolibon” aholi ambitsiyalari va kundalik hayotining vijdonsizlarcha bo‘g‘ilishi uchun javobgarlikdan qutula olmaydi. Magnitskiy qonuni AQSHda inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzganlarga qarshi qaratilgan; nega u shafqatsiz qonunlarni qabul qilgan afg‘on rahbarlariga qaratilmasligi kerak? deya xulosa qilgan WP.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston ayollarga qarshi urushga qaytmoqda