date

Arsenal 1903-yilgi rekordni takrorladi


UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turida Londonning "Arsenal" jamoasi safarda "Slaviya"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Qizigʻi shundaki, bu gʻalaba "toʻpchilar" uchun ketma-ket sakkizinchi "quruq" gʻalaba boʻldi.

Mikel Arteta shogirdlari ushbu seriyada "Slaviya" (3:0), "Byornli" (2:0), "Brayton" (2:0), "Kristal Pelas" (1:0), "Atletiko" (4:0), "Fulxem" (1:0), "Vest Xem" (2:0) va "Olimpiakos" (2:0) jamoalarini magʻlubiyatga uchratdi. Angliya Premer-ligasi matbuot xizmatining xabar berishicha, "Arsenal" oʻzining 1903-yilda oʻrnatilgan ketma-ket "quruq" gʻalabalar rekordini takrorladi.

Arteta shogirdlarining navbatdagi oʻyini 8-noyabr kuni "Sanderlend"ga qarshi boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsenal 1903-yilgi rekordni takrorladi