Yuventus Chempionlar Ligasida yomon start oldi

Yuventus Chempionlar Ligasida yomon start oldi
Evropa futbolida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining toʻrtinchi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Turin shahri vakili "Yuventus" jamoasi Portugaliyaning "Sporting" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda hisob 1:1 boʻlib, "Yuventus" gʻalaba qozona olmadi. Bu oʻyin "Yuventus" uchun joriy mavsum Chempionlar Ligasi doirasida ketma-ket toʻrtinchi gʻalabasiz oʻyini boʻldi.

Turin klubi tarixda faqat ikki marta mavsumni shunday muvaffaqiyatsiz boshlagan: 1998/1999-yilgi mavsumda va 2013-yilda ular guruh bosqichining dastlabki toʻrt uchrashuvida gʻalaba qozona olmagan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar