
Barselona vingeri Rafinya Dias jamoadoshi Lamin Yamal haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ikkala futbolchi ham o'tgan mavsumdagi ajoyib o'yinlari tufayli "Oltin to'p" sovriniga da'vogarlik qilishgan edi.
Ammo yakunda mukofotga ega chiqishmadi: braziliyalik futbolchi ovoz berishda beshinchi o'rinni egallagan bo'lsa, ispan futbolchisi ikkinchi bo'ldi. "Mening Yamal bilan hech qanday raqobatim yo'q.
Haqiqat shuki, bu masala odamlar tasavvur qilganidan butunlay boshqacha. Laminni inson va futbolchi sifatida juda hurmat qilaman, oilalarimiz ham bir-biri bilan yaxshi munosabatda.
Toʻgʻri, futbol raqobatga asoslangan sport turi. Jamoa ichidagi raqobat doimo mavjud, ammo bizning raqobatimiz sogʻlom va ragʻbatlantiruvchi boʻldi.
Maydonda bir-birimizga chaqiriq tashlaymiz, lekin bu hech qachon shaxsiy manfaatlarga aylanmaydi. Bizning munosabatlarimiz aʼlo darajada, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlashga intilamiz.
Yamal bilan bir jamoada oʻynashdan juda mamnunman", – deydi Rafinya ispan nashrlariga bergan intervyusida. Chorshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing