10:19 / 14.11.2024
14

Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi

Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Foto: Getty Images
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi “rahbarlikka yaroqsiz” deb topilganlarni lavozimidan chetlashtirishni tavsiya eta oladigan iste’fodagi yuqori martabali harbiylardan iborat kengash tuzish to‘g‘risidagi farmon loyihasini tayyorladi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishdan olish “zaruriy yetakchilik fazilatlariga ega bo‘lmagan” generallarga ham tahdid soladi.

Tuzilishi rejalashtirilayotgan kengash “rahbarlik, strategik tayyorgarlik va harbiy yuksaklikka sadoqat”ni tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Ushbu mezonlar bilan qanday harakatlar nazarda tutilganligi loyihada ko‘rsatilmagan. Iste’fodagi general va zobitlarning tavsiyalari prezidentga yuborilishi kutilmoqda, ma’qullansa harbiylar bir oy ichida iste’foga chiqariladi.

WSJ manbalarining ta’kidlashicha, kengashning tashkil etilishi 2021 yilda Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarini olib chiqishda ishtirok etgan generallarning ham ishdan bo‘shatilishiga olib keladi. Tramp saylov oldidan ularning har biridan iste’fo talab qilishini aytgan edi. Ommaviy axborot vositalari qurolli kuchlar bosh shtab boshlig‘i qora tanli Charlz Braunning ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida yozgan.

AQSH prezidenti lavozimiga 2025 yil yanvarida kirishishi kutilayotgan Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi, Afg‘oniston va Iroqda xizmat qilgan Milliy gvardiya faxriysi Pit Hegsetni Pentagon rahbari etib tayinlashni taklif qilgani ma’lum bo‘ldi.

Respublikachilar jamoasi Hegset Mudofaa vazirligi boshqaruvida (hozirda Lloyd Ostin tomonidan boshqarilmoqda) AQSH armiyasi “yana buyuk bo‘lishini” qayd etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi