Foto: AFP
Nigeriya shimolida yangi biznes rivojlanmoqda — hududda elektromobillar va telefonlar uchun batareyalar ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan litiy qazib olish avj olgan. Ushbu mahsulotga bo‘lgan talab butun dunyoda yuqori.
Nigeriya poytaxti Abujadan uncha uzoq bo‘lmagan Pasali qishlog‘ida konchilar boltalar yordamida qoyalarni maydalaydi, bir necha metrlik qorong‘i tuynuklarga tushadi. Bu usullar qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik xavfli ham.
Minimal davlat nazorati ostida faoliyat yurituvchi norasmiy sotuvchi va xaridorlar hisobiga mamlakatda ushbu noqonuniy hunarmandchilik gullab-yashnamoqda. Bu biznesga eng kambag‘al va himoyasiz insonlar, jumladan bolalar ham jalb etiladi.
Associated Press jurnalistlari Pasalidagi holatni borib ko‘rdi. Mahalliy savdogarlarning ta’kidlashicha, olti boladan iborat jamoa kuniga 25 kilogrammli o‘ntagacha qopni saralab, qadoqlay oladi. Jurnalistlar suhbatlashgan bolalardan biri atigi besh yoshda.
Ulardan ikki nafari bir vaqtlar mahalliy boshlang‘ich maktabda ta’lim olgan, biroq kambag‘allik sababli o‘qishni tashlagan, qolganlari esa umuman maktabga qabul qilinmagan.
Nigeriya statistika byurosi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 63 foizi, ya’ni 133 million kishi qashshoqlikda hayot kechiradi. Ular turmush darajasi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida standart xizmatlardan mosuvo. Kambag‘allarning 51 foizini bolalar tashkil etadi va ularning aksariyat qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Jurnalistlar bilan suhbatlashgan litiy sotuvchisi Aliyu Ibrohim litsenziyasiz konlarga egalik qiladi, shuningdek, Pasali va boshqa noqonuniy uchastkalardan litiy rudasini sotib olish bilan shug‘ullanadi.
Savdogarning aytishicha, nazoratchilarga pora berish orqali uning biznesi gullab-yashnamoqda. Ibrohim konlarda maktabga bormaydigan bolalar ishlayotganidan xabardor. “Bolalarning ko‘pchiligi yetimlar yoki kambag‘al oilalardan chiqqanlar, ularning boshqa tirikchilik manbasi yo‘q”, — dedi u.
Afrikaning eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi Nigeriya neft eksportiga qaramlikni kamaytirish uchun qattiq foydali qazilma boyliklaridan ham foydalanishi mumkin. Biroq bu boyliklarning aksariyati, shu jumladan litiy ham, Pasalidagi kabi litsenziyasiz konlardan qazib olinmoqda. Bu esa mamlakatni milliardlab dollardan mahrum qiladi.
Pasalida litiy qazib olish taxminan o‘n yil avval boshlangan. Asosiy foyda yetarli darajada nazorat qilinmaydigan Xitoy korxonalariga tegmoqda. Ular Afrika mamlakatidagi konchilik sanoatida ustunlik qiladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab bir milliondan ortiq bola konlar va karerlarda ishlaydi, bu muammo, ayniqsa, Afrikada dolzarb hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
O‘zbek futbolining 2024 yildagi eng yaxshilari taqdirlandi
Bashar Asadni Suriyadan qochishiga kim yordam bergani ma’lum bo‘ldi...
O‘zbekiston noqonuniy tamakida pullarni qanday boy bermoqda?