Qoʻshma Shtatlarning saylangan prezidenti Donald Tramp yuqori malakali ishchilarga AQShga koʻchib oʻtish imkonini beruvchi viza dasturini himoya qildi va Ilon Maskning bu boradagi pozitsiyasini ma'qulladi. Bu uning oʻz tarafdorlarini ikkiga boʻlib qoʻygan masala yuzasidan ilk izohidir.
Donald Tramp The New York Post gazetasiga bergan intervyusida H-1B vizasiga ishonishini aytdi. Biroq u oʻzining birinchi muddatida dasturni tanqid qilib, chet elliklar uchun ishchi vizalarni cheklagandi. Ammo 2024 yilgi saylov kampaniyasi davomida Tramp chet elda tugʻilgan ba'zi ishchilarga, agar ular AQSh oliy ta'lim dargohlarini tamomlagan boʻlsa, qonuniy maqom berishga ochiqligini bildirgan.
“Menga har doim vizalar yoqqan, men har doim vizalar tarafdori boʻlganman. Shuning uchun bizda ular bor”, dedi Tramp The New York Post nashriga.
H-1B vizasi namunasi
Foto: “Boundless.com”
Donald Tramp, shuningdek, qoʻl ostida mazkur dastur orqali Qoʻshma Shtatlarga kelgan xodimlar mehnat qilishini ham ta'kidlagan.
“Mening mulkimda koʻplab H-1B vizalari bor. Men H-1B ga ishonganman. Men undan koʻp marta foydalanganman. Bu ajoyib dastur”, deya qoʻshimcha qildi u.
AQSh Mehnat departamentining ma'lumotlariga koʻra, Trampga tegishli biznes sub'ektlari 2008 yildan beri 2100 dan ortiq oʻringa chet ellik ishchilarni yollash uchun hukumat ruxsatini soʻragan. Ularning 70 ga yaqini H-1B dasturi orqali yuqori malakali ishchilarni chaqirib olishga edi. Mazkur viza uchun soʻrovlarning aksariyati oʻn yildan koʻproq vaqt oldin Nyu Yorkdagi Trump MoDEL Management va Trump International Hotel and Tower kabi kompaniyalar tomonidan taqdim qilingan.
Nyu York shahrida joylashgan Trump Tower minorasi.
Foto: Associated Press
Muammo nimada?
Donald Trampning The New York Post gazetasiga bergan izohidan bir necha kun oldin Ilon Mask ijtimoiy tarmoqlardagi postlari orqali H-1B vizalarini himoya qilib, ularning texnologik kompaniyalar, jumladan, oʻz bizneslarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta'kidladi. Bundan tashqari, u H-1B vizalarini himoya qilish uchun “urushga kirishini” aytdi.
“Men SpaceX, Tesla va Amerikani kuchli qilgan yuzlab boshqa kompaniyalarni qurgan juda koʻp muhim insonlar bilan birga Amerikada boʻlishimning sababi – H-1B”, deb yozdi Ilon Mask.
Janubiy Afrikada tugʻilgan va onasi orqali Kanada fuqaroligini olgan Mask chet ellik talaba sifatida AQShga kelgan va keyinchalik H-1B vizasi bilan fuqarolik olgan.
Ilon Maskning qarorini Tramp ma'muriyatda yangi tashkil etilayotgan Davlat samaradorligi departamentini (DOGE) u bilan birgalikda boshqaradigan Vivek Ramasvami ham qoʻllab-quvvatladi. Bu MAGA (Amerikani yana buyuk qiling) klubinining immigratsiyaga qarshi kayfiyatdagi a'zolari tomonidan keskin qarshi olindi.
Trampning sobiq yordamchisi Stiv Bannon 29 dekabr kuni podkastlardan birining epizodida H-1B vizalarini “firibgarlik” deb atadi.
H-1B viza dasturi har yili 65 000 yuqori malakali ishchilar uchun AQShga immigratsiya qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlarda magistratura yoxud undan yuqori ta'lim darajasini olganlar mamlakatda qolishi uchun yana 20 000 oʻrin ajratilgan. Iqtisodchilarning ta'kidlashicha, dastur AQSh kompaniyalariga raqobatbardoshlikni saqlab qolish va oʻz biznesini rivojlantirish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti