date

Frank: "Tottenxemning bu antirekordi meni hayratga soldi"

Frank: "Tottenxemning bu antirekordi meni hayratga soldi"
Tottenxem bosh murabbiyi Tomas Frank APL doirasida Chelsi bilan kechgan o'yinda (0:1) jamoasining hujumdagi zaif o'yinidan hafsalasi pir bo'lganini bildirdi. "Shporlar" butun o'yin davomida Chelsi darvozasiga atigi uch marta zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi.

Jamoaning umumiy xG ko'rsatkichi esa bor-yo'g'i 0,05ni tashkil etdi. Bu Tottenxem tarixidagi APL bo'yicha eng past ko'rsatkich sifatida qayd etildi.

"Bu, albatta, juda yoqimsiz holat. Avvallari mening jamoalarim hech qachon bunday kam gol urish imkoniyatlarini yaratishmagan.

Vaziyatni yaxshilash uchun qo'limdan kelganini qilaman", – dedi Frank o'yindan keyin bergan intervyusida. Chelsi safidagi yagona golni esa Joao Pedro 34-daqiqada kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Frank: "Tottenxemning bu antirekordi meni hayratga soldi"