date

Oksleyd-Chemberleyn "Arsenal"da mashgʻulot oʻtkazmoqda

Oksleyd-Chemberleyn "Arsenal"da mashgʻulot oʻtkazmoqda
32 yoshli yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberleyn hozirda oʻzining sobiq klubi, Londonning "Arsenal" jamoasi tizimida mashgʻulot oʻtkazmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Futbolchi asosan klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasi bilan birga shugʻullanmoqda. Eslatib oʻtamiz, Oksleyd-Chemberleyn oʻtgan yozda Istanbulning "Beshiktosh" jamoasini tark etgan va hozirda erkin agent hisoblanadi.

U futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qilmagan. Oksleyd-Chemberleyn "Sautgempton" akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2011-yildan 2017-yilgacha "Arsenal" safida oʻynagan.

"Kanonirlar" safida u barcha musobaqalarda 130 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2017-yildan 2023-yilgacha "Liverpul"da, 2023-yildan 2025-yilgacha esa "Beshiktosh"da faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oksleyd-Chemberleyn "Arsenal"da mashgʻulot oʻtkazmoqda