
7-9 noyabr kunlari Toshkentda, 12 noyabr kuni esa Termiz shahrida Yevropa kinolari festivali bo‘lib o‘tadi. Bu yil ushbu tadbir Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy muloqotning o‘n yilligi sifatida nishonlanmoqda.
Festival dasturidan turli Yevropa davlatlarining 12 ta filmi o‘rin olgan. Barcha namoyishlar bepul bo‘lib, filmlar asl tilda, o‘zbek va/yoki rus tilidagi subtitrlar bilan taqdim etiladi.
Toshkentdagi namoyishlar manzili: Milliy kino san’ati saroyi, Navoiy ko‘chasi, 15. Termizdagi namoyishlar manzili: “Termiz” kinoteatri.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar