Chimyonda adashgan erkakka yordam ko‘rsatildi

2-noyabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” mahallasi hududida “Katta Chimyon” tog‘iga chiqqan erkak yo‘lini yo‘qotib, tog‘dan mustaqil tusha olmagan. “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruv guruhi bir necha soatlik qidiruvdan so‘ng uni topib, xavfsiz hududga tushirgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, erkakning sog‘lig‘i yaxshi.

FVV matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 2-noyabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” mahallasi hududida erkak kishi “Katta Chimyon” tog‘iga sayohatga chiqqani va yo‘lni yo‘qotib, tog‘dan mustaqil tusha olmagani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur xabar asosida “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadining qutqaruv guruhi voqea joyiga yuborilgan.
Bir necha soat davom etgan qidiruv ishlari natijasida adashgan sayyoh topilib, xavfsiz hududga tushirilgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, erkakning sog‘lig‘i yaxshi holatda.






























Izohlar 0
…