
Eri lotereya chiptalarini sotib olishni unutgan janubiy karolinalik ayol o‘zi do‘konga borib, yutuqli talonlarni sotib oldi. U bu voqeani lotereya kompaniyasi xodimlariga aytib bergan.
Hammasi er-xotinning birgalikda xarid qilishdan boshlandi. Ayol do‘kondan chiqib, unutuvchan eri lotereya chiptalarini sotib olmaganini bilib qoldi, shuning uchun u do‘konga mustaqil ravishda qaytishga majbur bo‘ldi. "Men navbatda turgandim va e’tiborimni bu yorqin, yaltiroq va yarqiroq chiptalar tortdi. Uchtasini sotib oldim," - dedi u.
Dastlabki ikkita chipta unga hech qanday yutuq keltirmadi, ammo uchinchisi amerikalik ayolning hamyonini 500 ming dollarga to‘ldirdi. U pulni qanday ishlatishni allaqachon bilishini aytdi. Mablag‘ning bir qismini u sayohatga, qolganini esa muddatidan oldin pensiyaga chiqishga sarflaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!