date

Tramp: Nvidia AI chiplarida Amerika ustuvor


AQSh Prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Nvidia kompaniyasining eng ilg‘or sun’iy intellekt chiplari Xitoy va boshqa mamlakatlarga yetkazib berilmaydi. Ushbu mahsulot avvalo Amerika bozoriga taqdim etiladi.

Gap Nvidia'ning Blackwell seriyasiga mansub chiplar haqida bormoqda. Bu grafik protsessorlar asosan sun’iy intellekt va yuqori samaradorlikka ega hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, Tramp Xitoyga kamroq quvvatga ega Blackwell chiplarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Nvidia bilan hamkorlik qilishiga Pekin uchun ruxsat beriladi.

Biroq, ushbu tashabbus AQSh siyosiy doiralarida tanqidga uchradi. Ayrim siyosatchilar Xitoyga bunday chiplarning yetkazib berilishi Pekinning harbiy salohiyatini oshirishi va sun’iy intellektni rivojlantirishni tezlashtirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyida Tramp ma’muriyati sun’iy intellektni rivojlantirishga oid yangi rejani taqdim etgan edi. Ushbu reja ekologik me’yorlarni yumshatish va ushbu texnologiyani ittifoqchilarga kengroq eksport qilish orqali AQShning muhim texnologiyalarda Xitoydan ustunligini saqlab qolishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Nvidia AI chiplarida Amerika ustuvor