Xitoy kosmonavtlari birinchi bor orbitada kislorod va etilen ishlab chiqardi

1 daqiqa o'qish1.8K
Xitoy kosmonavtlari birinchi bor orbitada kislorod va etilen ishlab chiqardi
Etilen raketaning yoqilgʻi ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.

"Shenchjou-19" kosmik missiyasi ekipaji "Tyangun" orbital stantsiyasida birinchi marta sun'iy fotosintez orqali kislorod va etilen ishlab chiqarish boʻyicha muvaffaqiyatli eksperiment oʻtkazdi.

Kosmonavtlar uglekislota va suvni kislorodga aylantirib, etilen — raketaning yoqilgʻisi ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan moddani ham olishdi. Bu yutuq Xitoyni uzoq muddatli kosmos tadqiqotlariga, jumladan, 2030 yilga moʻljallangan Oyga qoʻnish missiyasiga bir qadam yaqinlashtiradi.

Eksperimentlar paytida kosmonavtlar yarimoʻtkazgichli katalizatorlar yordamida uglekislota va suvni kislorodga aylantirishdi. Yangi texnologiyaning asosiy afzalligi shundaki, uning samaradorligi oddiy harorat va bosim sharoitida yuqori boʻlib, bu energiya sarfini sezilarli darajada qisqartiradi. Bu Xitoyning usulini an'anaviy elektrolizdan ustun qiladi.

Masalan, Xalqaro kosmik stantsiyada (MKS) oʻtkazilgan ilmiy ishlar mikrogravitatsiyaning tabiiy fotosintezga ta'sirini koʻrsatgan, ammo MKS texnologiyalari asosan elektrolizga tayangan.

Xitoyning yangi ishlanmasi esa oʻsimliklar fotosintezini kimyoviy va fizik usullar bilan imitatsiya qiladi, bu esa uzoq missiyalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?