date

Britaniya muhojirlarni endi harbiy kazarmalarda joylashtiradi

Britaniya muhojirlarni endi harbiy kazarmalarda joylashtiradi

Buyuk Britaniya hukumati noyabr oyining oxiridan boshlab hujjatsiz muhojirlarni harbiy kazarmalarda joylashtirishni boshlaydi.

The Times nashrining yozishicha, dastlabki bosqichda Shotlandiyaning Inverness shahri yaqinidagi armiya bazasi hamda Angliyaning janubida joylashgan Sharqiy Sasseksdagi harbiy tayyorgarlik lageridan foydalaniladi. Bu joylarda jami 900 nafargacha hujjatsiz muhojirni vaqtincha joylashtirish rejalashtirilgan.

Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga ko‘ra, kelajakda bu ko‘rsatkich 10 ming nafargacha yetkazilishi mumkin. Hukumatning asosiy maqsadi — byudjet yukini kamaytirish va noqonuniy muhojirlar uchun qimmat mehmonxonalarda yashash zaruriyatini bartaraf etish.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil mart holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 210 ta mehmonxonada 32 mingdan ortiq hujjatsiz muhojir yashab kelmoqda. Bu esa davlat g‘aznasiga ulkan mablag‘ tushmoqda.

Britaniya parlamentining ichki ishlar qo‘mitasi 27-oktyabr kuni e’lon qilgan hisobotda ta’kidlanishicha, 2019-yildan 2029-yilgacha bo‘lgan 10 yil davomida noqonuniy migrantlarni mehmonxonalarda saqlash xarajati 15,3 milliard funt sterlingni (20,4 milliard dollar) tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya muhojirlarni endi harbiy kazarmalarda joylashtiradi