date

Qozog'istonda teraktning oldi olindi

Qozog'istonda teraktning oldi olindi
Qozog'iston Milliy xavfsizlik qo'mitasi Olmaota shahrida teraktning oldini olishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyatni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rayotgan terrorchilik guruhida besh nafar chet ellik shaxs borligi aniqlangan. Ular teraktga tayyorgarlik bosqichida qo'lga olindi.

Sentyabr va oktabr oylarida terrorizmni targ'ib qilishda gumon qilingan sakkiz nafar Qozog'iston fuqarosi hibsga olingan. So'nggi ikki oy ichida olti kishi terroristik va ekstremistik jinoyatlar uchun sud tomonidan aybdor deb topilgan.

"Yil boshidan buyon shu kabi jinoyatlar uchun 89 nafar shaxs, jumladan, olti nafar chet ellik javobgarlikka tortildi", — deyiladi Milliy xavfsizlik qo'mitasi ma'lumotida. Eslatib o'tamiz, joriy yil sentyabr oyining boshida O'zbekistonda 20 nafar buzg'unchi tashkilot tarafdorlari ustidan hukm o'qilgan edi.

Uyushma a'zolari portlovchi moddalar va zaharli vositalarning xususiyatlarini o'rgangan. Ulardan to'rt nafari Suriyaga borib, u yerdagi terroristik guruhlar safiga qo'shilishga muvaffaq bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog'istonda teraktning oldi olindi