date

Janubiy Koreyada o'zbekistonlik terrorizmda gumon qilinmoqda

Janubiy Koreyada o'zbekistonlik terrorizmda gumon qilinmoqda
Janubiy Koreyada 29 yoshli o'zbekistonlik talaba hibsga olindi. Chosun nashri ma'lumotlariga ko'ra, u Afrikada quduqlar qurish xayriya loyihasi niqobi ostida mablag' to'plab, uning bir qismini HAMAS va "Al-Qoida" bilan bog'liq guruhlarga o'tkazgan.

Gumondor ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifalar yaratib, ekstremistik mazmundagi postlar va urushga chaqiriqlar e'lon qilgan. Mablag' ikki yo'l bilan yig'ilgan: kriptovalyuta orqali va o'zbekistonliklar uchun tashkil etgan futbol klubi orqali naqd pul shaklida.

Endi unga o'n yilgacha ozodlikdan mahrum etish va katta miqdorda jarima jazosi xavf solmoqda. Tergov davom etmoqda, politsiya talabaga yordam bergan boshqa shaxslar bo'lgan-bo'lmaganligini va yig'ilgan mablag'ning yana qayerlarga yo'naltirilganini aniqlashga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada o'zbekistonlik terrorizmda gumon qilinmoqda