date

41 yillik jinoyatni muzqaymoq tayoqchasi fosh qildi

41 yillik jinoyatni muzqaymoq tayoqchasi fosh qildi

Ba’zan ilg‘or texnologiyalar orqali hatto o‘tgan asrda sodir etilgan jinoyatlarni ham ochish mumkin. AQSHning Nyu-York shahrida sud-tibbiyot ekspertlari 1984 yildagi qotillik ishiga oydinlik kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu safar tergovchilarga faqat bir tayoq — muzqaymoq (Popsicle) tayoqchasi yordam berdi.

Fojia deyarli 41 yil oldin sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Nyu-Yorkda yashovchi 16 yoshli Tereza Fuskoga hujum qilib, uni o‘ldirgan. Keyinroq sud uch erkakka ayblov e’lon qildi. Ular 2003 yilgacha hibsda saqlangan: o‘shanda DNK tahlili natijalari erkaklarning jinoyatga aloqadorligini rad etgan.

O‘nlab yillar o‘tgach, tergovchilarda qayta tergov qilish uchun bir nechta ilmoqlar paydo bo‘ldi. Okrug rasmiylari 64 yoshli amerikalik Richard Bilodoni kuzata boshladi. Bir vaqt mutaxassislar erkak tashlab yuborgan muzqaymoq tayoqchasini olib, topilmani laboratoriyaga jo‘natishga ulgurgan.

Natijada, so‘lak qoldiqlaridan olingan DNK namunasi 1984 yilda Tereza Fusko tanasida topilgan DNK namunasi bilan to‘liq mos keldi. Richard Bilodo zudlik bilan qo‘lga olindi va oradan vaqt o‘tib, o‘smir qizni o‘ldirganlikda rasman ayblandi. Erkak o‘zining jinoyatga aloqadorligini rad etmoqda.

- Xo‘sh, janob Bilodo, 2025 yilda, endi hisob-kitob vaqti keldi,  - dedi okrug prokurorining yordamchisi Jared Rozenblatt.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 41 yillik jinoyatni muzqaymoq tayoqchasi fosh qildi