date

Qozog‘istondagi 21 qishloq alkoholdan voz kechdi: yangi hayot boshlandi

Qozog‘istondagi 21 qishloq alkoholdan voz kechdi: yangi hayot boshlandi

Shimoliy Qozog‘istonda sog‘lom turmush tarzini tanlagan aholilar soni tobora ortib bormoqda. Tengrinews’ning ma’lum qilishicha, hozirda mamlakatdagi 21 ta qishloq spirtli ichimliklardan butunlay voz kechgan. Bu harakat bir necha yil avval boshlangan bo‘lib, hozir uni qo‘llab-quvvatlayotganlar soni keskin ko‘paymoqda.

Eng so‘nggi misol sifatida Qiziljar tumanidagi Baysal qishlog‘i tilga olinmoqda. Bu yerda oqsoqollar tashabbus ko‘rsatib, yoshlar bilan birgalikda butun aholi spirtli ichimliklarni boykot qilishga qaror qilgan.

“Qishlog‘imizda eshiklar ochiq, hech kim hech narsaga tegmaydi. Ichkilik yo‘q, muhit sog‘lom. Bu biz uchun faxr,” — deydi Baysal aholisining biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqda 60 ga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi. Asosiy yo‘nalishlar — chorvachilik va parranda yetishtirish. Ichkilikni to‘xtatish nafaqat sog‘lomlik yo‘lidagi qadam, balki yangi avlod uchun pok muhit yaratish tashabbusi sifatida ham qabul qilinmoqda.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Baysalda va shunga o‘xshash “hushyor qishloqlar”da jinoyatchilik darajasi 14 foizga kamaygan. Bu esa tashabbusning samaradorligini isbotlab turibdi.

Bugungi kunda Qozog‘iston bo‘ylab bu yo‘nalishdagi qishloqlar soni o‘smoqda — avval viloyatda 13 ta shunday aholi punkti borligi aytilgan bo‘lsa, endi bu raqam 21 taga yetdi. Shu bilan birga, G‘arbiy Qozog‘istondagi 33 ta qishloqda ham alkohollarga rasmiy taqiq joriy etilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu harakat nafaqat sog‘lom turmushni targ‘ib qiladi, balki butun bir jamiyat ongini o‘zgartirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi. Qishloqlar bunday misol bilan butun mamlakat uchun ibratga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi 21 qishloq alkoholdan voz kechdi: yangi hayot boshlandi